Saytni indeksdan chiqarish

Nashriyotlar istalgan vaqtda o‘z saytini DFIN News indeksidan olib tashlashni so‘rashi mumkin.

So‘rov qanday yuboriladi

  1. So‘rovni info@dfin.uz manziliga yuboring.
  2. Xat albatta nashriyotning korporativ pochtasidan yuborilishi kerak — masalan, ism@domen.uz. Gmail, Mail.ru va boshqa shaxsiy pochtalardan kelgan so‘rovlar ko‘rib chiqilmaydi.
  3. Xatda domen nomi, nashriyot nomi hamda mas’ul shaxsning ismi va lavozimini ko‘rsating.
  4. Jamoamiz so‘rovni tekshiradi va tasdiqlangach saytingizni indeksdan olib tashlaydi.
So‘rov yuborish
Diqqat: sayt indeksdan olib tashlangach, keyingi 365 kun davomida uni indeksga qayta qo‘shishni so‘rab bo‘lmaydi. Faqat shu muddat tugaganidan so‘ng saytni qayta indekslash (recrawl) uchun so‘rov yuborish mumkin.